UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

MUXTORXON ASRONOVAМУХТОРХОН АСРОНОВА

1924 Kirov nomli, O‘sh viloyati, Lenin tumani, No‘shkan qishlog‘i — 13. 08. 1989, Qo‘g‘ay1924 Киров номли, Ўш вилояти, Ленин тумани, Нўшкан қишлоғи — 13. 08. 1989, Қўғай

МУХТОРХОН АСРОНОВА
(1924 Kirov nomli, O‘sh viloyati, Lenin tumani, No‘shkan qishlog‘i — 13. 08. 1989, Qo‘g‘ay) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor. «Leninchi» jamoa xo‘jaligida hisobchi (1941-58), paxtachilik (1958-71), pillachilik (1971-88) brigadalarining boshlig‘i vazifalarida ishlagan. Tajribali paxtakor va pillakor sifatida viloyatda, respublikada mashhur edi. Har ikki sohada ham hosildorlikni oshirish, rejalarni muntazam ravishda oshirib bajarishda katta yutuqlarga erishgan. Hukumatning qator orden, medal, faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan. Muxtorxon Asronova Qo‘g‘ay qabristoniga dafn etilgan.
(1924 Киров номли, Ўш вилояти, Ленин тумани, Нўшкан қишлоғи — 13. 08. 1989, Қўғай) — Ўзбекистонда хизмат кўрсатган пахтакор. «Ленинчи» жамоа хўжалигида ҳисобчи (1941-58), пахтачилик (1958-71), пиллачилик (1971-88) бригадаларининг бошлиғи вазифаларида ишлаган. Тажрибали пахтакор ва пиллакор сифатида вилоятда, республикада машҳур эди. Ҳар икки соҳада ҳам ҳосилдорликни ошириш, режаларни мунтазам равишда ошириб бажаришда катта ютуқларга эришган. Ҳукуматнинг қатор орден, медал, фахрий ёрлиқлари билан мукофотланган. Мухторхон Асронова Қўғай қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.