MIRZAABDULLA UMAROVМИРЗААБДУЛЛА УМАРОВ
1896, Andijon viloyati, Baliqchi qishlog‘i — 1975, Uchqo‘rg‘on1896, Андижон вилояти, Балиқчи қишлоғи — 1975, Учқўрғон
◎(1896, Andijon viloyati, Baliqchi qishlog‘i — 1975, Uchqo‘rg‘on) — pillakor-agronom. Baliqchi qishloq kengashi raisi (1929-34), 1935 yildan Uchqo‘rg‘on jamoa xo‘jaliklarida a’zo, 1938 yilda Namangan tumanlararo pillaxonasi Uchqo‘rg‘on bo‘limiga qorovul bo‘lib kiradi pillachilar kursini bitirib kelgach 1939 yildan mehnat hordig‘iga chiqqunga qadar (1960) tumanda pillachilik agronomi pilla quritish ustasi bo‘lib xizmat qildi. Tuman jamoa xo‘jaliklarida pillachilik va uning ozuqa bazasi-tutchilik taraqqiyotidagi xizmatlari bilan katta hurmat-e’tiborga ega edi. «Shavkatli mehnati uchun» medali, O‘zbekiston Oliy kengashi faxriy yorliqlari (2 marta) bilan taqdirlangan. Uchqo‘rg‘on shahri «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(1896, Андижон вилояти, Балиқчи қишлоғи — 1975, Учқўрғон) — пиллакор-агроном. Балиқчи қишлоқ кенгаши раиси (1929-34), 1935 йилдан Учқўрғон жамоа хўжаликларида аъзо, 1938 йилда Наманган туманлараро пиллахонаси Учқўрғон бўлимига қоровул бўлиб киради пиллачилар курсини битириб келгач 1939 йилдан меҳнат ҳордиғига чиққунга қадар (1960) туманда пиллачилик агрономи пилла қуритиш устаси бўлиб хизмат қилди. Туман жамоа хўжаликларида пиллачилик ва унинг озуқа базаси-тутчилик тараққиётидаги хизматлари билан катта ҳурмат-эътиборга эга эди. «Шавкатли меҳнати учун» медали, Ўзбекистон Олий кенгаши фахрий ёрлиқлари (2 марта) билан тақдирланган. Учқўрғон шаҳри «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.