UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ISOQJON RAHMATULLAEVИСОҚЖОН РАҲМАТУЛЛАЕВ

2. 03. 1933 — 12. 11. 1994, Uychi tumani, Jiydakapa qishlog‘i2. 03. 1933 — 12. 11. 1994, Уйчи тумани, Жийдакапа қишлоғи

ИСОҚЖОН РАҲМАТУЛЛАЕВ
(2. 03. 1933 — 12. 11. 1994, Uychi tumani, Jiydakapa qishlog‘i) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist (1992). 1958-61 yillarda Uchqo‘rg‘on tumanida prokuror yordamchisi, 1961-63 yillarda Andijon viloyati sudi a’zosi, 1963-87 yillarda Namangan, Uchqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahri prokurori vazifasida ishladi. 1987-94 yillarda viloyat prokuraturasida. Halol va samarali mehnatlari uchun sobiq Ittifoq va O‘zbekiston hukumatining faxriy yorliqlari, nishonlari bilan mukofotlandi. Isoqjon Rahmatullaev viloyatda qonunchilik va huquq tartibotini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yosh mutaxassislar tarbiyasi kabi sohalarga salmoqli hissa qo‘shgan. Qabri Jiydakapa qabristonida.
(2. 03. 1933 — 12. 11. 1994, Уйчи тумани, Жийдакапа қишлоғи) — Ўзбекистонда хизмат кўрсатган юрист (1992). 1958-61 йилларда Учқўрғон туманида прокурор ёрдамчиси, 1961-63 йилларда Андижон вилояти суди аъзоси, 1963-87 йилларда Наманган, Учқўрғон туманлари ва Наманган шаҳри прокурори вазифасида ишлади. 1987-94 йилларда вилоят прокуратурасида. Ҳалол ва самарали меҳнатлари учун собиқ Иттифоқ ва Ўзбекистон ҳукуматининг фахрий ёрлиқлари, нишонлари билан мукофотланди. Исоқжон Раҳматуллаев вилоятда қонунчилик ва ҳуқуқ тартиботини мустаҳкамлаш, жиноятчиликка қарши курашиш, ёш мутахассислар тарбияси каби соҳаларга салмоқли ҳисса қўшган. Қабри Жийдакапа қабристонида.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.