UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

IVAN KRASINИВАН КРАСИН

1917, Chelyabinsk viloyati — 1980, Qo‘g‘ay1917, Челябинск вилояти — 1980, Қўғай

ИВАН КРАСИН
(1917, Chelyabinsk viloyati — 1980, Qo‘g‘ay) — mexanik muhandis, xo‘jalik rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mexanizator. Sirdaryo viloyati 2-Dalvarzin davlat xo‘jaligida ishchi (1939 yilgacha), texnika ustaxonasida mudir yordamchisi, mudir (1939-41) bo‘lib ishladi. 1941-47 yillarda harbiy xizmatda, fashizmga qarshi urush qatnashchisi. Urushdan keyin «Norin» davlat xo‘jaligi (hozirgi «Qo‘g‘ay» shirkatlar uyushmasi)da traktorchi, bosh mexanik (1947-54), Andijon viloyati «Savay» davlat xo‘jaligida direktor muovini (1954-57), «Norin» davlat xo‘jaligida direktor muovini va direktor (1957-59), tuman texnika ta’mirlash zavodida direktor (1975-80) vazifalarida ishlaydi. Ivan Krasin tuman xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishni joriy etishning jonkuyar, tajribali tashkilotchilaridan edi. Ta’mirlash zavodining kengayishi, moddiy-texnik jihatdan baquvvat tashkilotga aylanishi ham uning nomi bilan bog‘liq. «Mehnat qizil bayroq» ordeni, «Shavkatli mehnati uchun», «Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun», «Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun» va boshqa medallar bilan taqdirlangan. Qo‘g‘ay qishlog‘i «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(1917, Челябинск вилояти — 1980, Қўғай) — механик муҳандис, хўжалик раҳбари, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган механизатор. Сирдарё вилояти 2-Дальварзин давлат хўжалигида ишчи (1939 йилгача), техника устахонасида мудир ёрдамчиси, мудир (1939-41) бўлиб ишлади. 1941-47 йилларда ҳарбий хизматда, фашизмга қарши уруш қатнашчиси. Урушдан кейин «Норин» давлат хўжалиги (ҳозирги «Қўғай» ширкатлар уюшмаси)да тракторчи, бош механик (1947-54), Андижон вилояти «Савай» давлат хўжалигида директор муовини (1954-57), «Норин» давлат хўжалигида директор муовини ва директор (1957-59), туман техника таъмирлаш заводида директор (1975-80) вазифаларида ишлайди. Иван Красин туман хўжаликларини қишлоқ хўжалиги техникалари билан таъминлаш, замонавий техника воситаларидан фойдаланишни жорий этишнинг жонкуяр, тажрибали ташкилотчиларидан эди. Таъмирлаш заводининг кенгайиши, моддий-техник жиҳатдан бақувват ташкилотга айланиши ҳам унинг номи билан боғлиқ. «Меҳнат қизил байроқ» ордени, «Шавкатли меҳнати учун», «Германия устидан қозонилган ғалаба учун», «Япония устидан қозонилган ғалаба учун» ва бошқа медаллар билан тақдирланган. Қўғай қишлоғи «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.