UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

HOJIMAMAT NIShONOVҲОЖИМАМАТ НИШОНОВ

08. 03. 1927 — 24. 08. 1994, Qayqi08. 03. 1927 — 24. 08. 1994, Қайқи

ҲОЖИМАМАТ НИШОНОВ
(08. 03. 1927 — 24. 08. 1994, Qayqi) — iqtisodchi, ishlab chiqarish tashkilotchisi. 1939-46 yillarda Oxunboboev nomli jamoa xo‘jaligida hisobchi, 1946-48 yillarda Qayqi qishloq sho‘rosida kotib, 1951-54 yillarda Telman nomli jamoa xo‘jaligida hisobchi, 1954-56 yillarda «Yangiobod» jamoa xo‘jaligida bosh hisobchi, 1956-72 yillarda Lenin nomli jamoa xo‘jaligida firqa qo‘mitasi kotibi, boshqaruv raisi, 1972-75 yillarda Oxunboboev nomli jamoa xo‘jaligida iqtisodchi, 1976-81 yillarda «Uchqo‘rg‘on» davlat xo‘jaligida bo‘lim boshlig‘i, 1982-86 yillarda «Zagotskot» korxonasi direktori, 1986-89 yillarda Qayqi qishloq paxta tayyorlash korxonasi boshlig‘i. «Hurmat belgisi» ordeni, medallar, faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan. Xo‘jaliklarni yiriklashtirish, dehqonchilik madaniyatini ko‘tarish, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishda katta xizmatlari bor. Qayqi qishlog‘i «Bog‘ ko‘cha» qabristoniga qo‘yilgan.
(08. 03. 1927 — 24. 08. 1994, Қайқи) — иқтисодчи, ишлаб чиқариш ташкилотчиси. 1939-46 йилларда Охунбобоев номли жамоа хўжалигида ҳисобчи, 1946-48 йилларда Қайқи қишлоқ шўросида котиб, 1951-54 йилларда Тельман номли жамоа хўжалигида ҳисобчи, 1954-56 йилларда «Янгиобод» жамоа хўжалигида бош ҳисобчи, 1956-72 йилларда Ленин номли жамоа хўжалигида фирқа қўмитаси котиби, бошқарув раиси, 1972-75 йилларда Охунбобоев номли жамоа хўжалигида иқтисодчи, 1976-81 йилларда «Учқўрғон» давлат хўжалигида бўлим бошлиғи, 1982-86 йилларда «Заготскот» корхонаси директори, 1986-89 йилларда Қайқи қишлоқ пахта тайёрлаш корхонаси бошлиғи. «Ҳурмат белгиси» ордени, медаллар, фахрий ёрлиқлар билан мукофотланган. Хўжаликларни йириклаштириш, деҳқончилик маданиятини кўтариш, пахта ва бошқа қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари етиштиришда катта хизматлари бор. Қайқи қишлоғи «Боғ кўча» қабристонига қўйилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.