UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

O‘KTAMJON MUHIDDINOVЎКТАМЖОН МУҲИДДИНОВ

06. 09. 1938, Uchqo‘rg‘on shahri06. 09. 1938, Учқўрғон шаҳри

ЎКТАМЖОН МУҲИДДИНОВ
(06. 09. 1938, Uchqo‘rg‘on shahri) — olim-agronom. «Kommuna» jamoa xo‘jaligida bosh agronom (1964-70), boshqaruv raisi (1970-76). «Partiya XXIV s’ezdi» (1976-79), «Leninchi» (1979-90), «Yangiobod» (1990-91) jamoa xo‘jaliklarida boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan. «Hurmat belgisi» ordeni, qator medal, nishon, faxriy yorliqlar, jumladan O‘zbekiston Prezidentining «Ko‘p yillik samarali mehnati va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun» yorlig‘i bilan taqdirlangan (1992). Tuman qishloq xo‘jaligi, ayniqsa paxtachilikni rivojlantirishda xizmatlari katta, mahsulot etishtirish va davlatga sotish rejalari u rahbarlik qilgan yillarida doim ortig‘i bilan bajarib kelingan, jamoa a’zolarining yashash sharoiti yaxshilangan.
(06. 09. 1938, Учқўрғон шаҳри) — олим-агроном. «Коммуна» жамоа хўжалигида бош агроном (1964-70), бошқарув раиси (1970-76). «Партия XXIV съезди» (1976-79), «Ленинчи» (1979-90), «Янгиобод» (1990-91) жамоа хўжаликларида бошқарув раиси бўлиб ишлаган. «Ҳурмат белгиси» ордени, қатор медал, нишон, фахрий ёрлиқлар, жумладан Ўзбекистон Президентининг «Кўп йиллик самарали меҳнати ва ижтимоий ҳаётдаги фаол иштироки учун» ёрлиғи билан тақдирланган (1992). Туман қишлоқ хўжалиги, айниқса пахтачиликни ривожлантиришда хизматлари катта, маҳсулот етиштириш ва давлатга сотиш режалари у раҳбарлик қилган йилларида доим ортиғи билан бажариб келинган, жамоа аъзоларининг яшаш шароити яхшиланган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.