UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

TOJIDDIN ShARIPOVТОЖИДДИН ШАРИПОВ

1927 — 08. 05. 1985, Uchqo‘rg‘on1927 — 08. 05. 1985, Учқўрғон

ТОЖИДДИН ШАРИПОВ
(1927 — 08. 05. 1985, Uchqo‘rg‘on) — iqtisodchi, moliya ishlari a’lochisi. Uchqo‘rg‘on qishloq kengashi kotibi (1943), tuman firqa qo‘mitasida statist (1944–46), tuman moliya bo‘limida byudjet bo‘yicha inspektor (1946–59), mudir (1959–85) bo‘lib ishlagan. Tumanda moliya tizimini takomillashtirish, jamoa xo‘jaliklarida hisobot-moliya ishlarini rivojlantirishda katta xizmatlari bor. «Shavkatli mehnati uchun» medali, O‘zbekiston hukumatining qator faxriy yorliqlari, nishonlar bilan taqdirlangan. Qabri Uchqo‘rg‘on shahri «Birodarlik» qabristonida.
(1927 — 08. 05. 1985, Учқўрғон) — иқтисодчи, молия ишлари аълочиси. Учқўрғон қишлоқ кенгаши котиби (1943), туман фирқа қўмитасида статист (1944–46), туман молия бўлимида бюджет бўйича инспектор (1946–59), мудир (1959–85) бўлиб ишлаган. Туманда молия тизимини такомиллаштириш, жамоа хўжаликларида ҳисобот-молия ишларини ривожлантиришда катта хизматлари бор. «Шавкатли меҳнати учун» медали, Ўзбекистон ҳукуматининг қатор фахрий ёрлиқлари, нишонлар билан тақдирланган. Қабри Учқўрғон шаҳри «Биродарлик» қабристонида.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.